Jahon | 10:10 / 04.09.2016
6603
2 daqiqa o‘qiladi

Gonkongda qonunchilik kengashi deputatlari saylovlari o‘tmoqda

Foto: rusevik.ru

Xitoyning maxsus ma'muriy tumani – Gonkongda qonunchilik kengashi deputatlari saylovlari o‘tmoqda. Keyingi to‘rt yilga Gonkong parlamentining yangi tarkibiga 70 deputatni saylash kerak bo‘ladi.   

Bu Buyuk Britaniyaning sobiq hududi bo‘lgan Gonkongning Xitoy nazorati ostiga 1997 yilda o‘tgandan keyingi 6-saylovlardir. Ovoz berish mahalliy vaqt bilan soat 07:30 da boshlandi. Aholisi 7,3 mln kishi bo‘lgan shaharda 3,78 mln saylovchi qayd qilingan. 600 ga yaqin saylov uchastkalari ochilgan.

Mahalliy saylov tizimining o‘ziga xosligi sababli, deputatlik korpusining yarmi funksional saylov okruglarida (kasbiy alomatiga ko‘ra saylovchilar guruhi bilan cheklangan) bilvosita ovoz berish yo‘li bilan aniqlanadi. Asosiy kurash hududiy saylov okruglarining 35 joyi uchun boradi. Bu deputatlik mandatlari uchun hukumat taraf partiyalar bloki va muxolifatdan 213 nomzod ochiq kurash olib boradi.

Pekin saylovlarda vatanparvar nomzodlar yoki oxirgi mahal Gonkongning mustaqilligi g‘oyasini bildirayotgan demokratchi faollardan qaysi biriga afzallik berilishidan xavotirlanmoqda. O‘zining ayirmachilik qarashlarini yashirmagan 6 nafar radikal siyosatchi saylovlarda ishtirok etishga qo‘yilmagan.

 

Mavzuga oid