Jamiyat | 22:36 / 04.09.2016
65454
1 daqiqa o‘qiladi

Ruslar Boris Yeltsinning Toshkentda Islom Karimov bilan uchrashuvini eslashdi

Tvitter foydalanuvchilaridan biri 2 sentabr kuni olamdan o‘tgan O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimov va Rossiya Federatsiyasining birinchi prezidenti Boris Yeltsinning uchrashuvidagi bir holatni eslatdi.

1998 yil 11 oktabrdagi Toshkentga tashrifi vaqtida Yeltsin tantanali marosimda ishtirok etadi. Musiqa yangraganida u tartibni unutib, oldinga qadam tashlab yurmoqchi bo‘ladi, uni yonidagi Islom Karimov qo‘llaridan tutib ushlab qoladi va "sharmandalikdan saqlaydi". O‘sha kuni Toshkentdagi yodgorliklardan biriga guldasta qo‘yish marosimi bekor qilinadi.

O‘shanda Yeltsinning matbuot kotibi sifatida ishlagan Dmitriy Yakushin bu vaziyatga izoh berar ekan shunday degan: «Uzoq va toliqtiruvchi parvoz, qiyin ish haftasi. U o‘shanda toliqib qolgandi».

Mavzuga oid