Fan-texnika | 21:45 / 05.09.2016
10037
2 daqiqa o‘qiladi

Galaxy Note 7 fabletlarini yuzga yaqinlashtirmaslik so‘ralmoqda

Virtual reallik ko‘zoynaklari ishlab chiqaruvchi Oculus kompaniyasi, mijozlarning sog‘lig‘iga qayg‘urgani bois, Gear VR moslamalarini qo‘llamaslikni tavsiya qilmoqda. 

Samsung kompaniyasi bilan Gear VR virtual reallik qurilmasini ishlab chiqishda hamkorlik qilgan Oculus VR hodimlari Galaxy Note 7 fabletlari egalarini, hozircha o‘z uskunalarida virtual reallik maydoniga kirmaslikni iltimos qilgan, deb yozmoqda 
GSMArena.

Kompaniya vakillarining so‘zlariga ko‘ra, Galaxy Note 7 fabletini VR bilan birga qo‘llash inson hayoti va sog‘lig‘i uchun tahlikali, chunki ular foydalanuvchi yuzidan bir necha santimetrd portlab ketishi mumkin. 

"Sizning xavfsizligingiz bizning ustuvor maqsadimizdir", — degan ishlab chiqaruvchi mijozlarga yo‘llagan maktubida. 

Eslatib o‘tamiz, sentabr oyi boshida Samsung kompaniyasi Galaxy Note 7 smartfonlarini qaytarib olishini e'lon qildi. Bunga, o‘nlab smartfonlarining quvvatlanayotgan vaqtda yonib yoki portlab ketgani sabab bo‘lgan. 


 

Mavzuga oid