Fan-texnika | 16:30 / 07.09.2016
11879
2 daqiqa o‘qiladi

Hindistonning eng boy kishisi milliardlab vatandoshlariga bepul 4G taklif qildi

Eng badavlat hind hisoblanmish Mukesh Ambani vatandoshlari "uchar" internetga bepul ega bo‘lishlari uchun 20 million dollar safarbar etdi. 

Yangi servis - Reliance Jio ishga tushdi. Milliarder yaqin orada barcha hindistonliklar internetga kirish imkonini qo‘lga kiritishiga va'da berdi. Bu internetning tezligi shu qadar yuqori bo‘ladiki, unda hech qanday muammosiz oqimli videolarni ham yuklab olishingiz mumkin bo‘ladi. 

Ambani raqamli texnologiyalar imkoniyatidan katta taassurot olgan, chunki ular millatning rivojlanishiga turtki bo‘ladi. 

"Men har bir hindning raqamli formatda yashashini istayman", - deydi u. 

Bugungi kunda Hindiston katta yoshli aholisining beshdan bir qismigina internetga kirish imkoniga ega. Jamoat joylarida Wi-Fi mashhur, biroq nochor hududlarda, xususan qishloqlarda umuman internet yo‘q. 

Ambani butun Hindiston bo‘ylab 100 000 telekommunikatsion minora qurdirdi hamda 18 000 shahar va 200 000 qishloqqa internet ulatdi. Shunday qilib, 2017 yilning mart oyiga borib, Hindistonning 90 foiz aholisi 4G'dan foydalana boshlaydi. 

CNN jurnalistlari shaxsiy tadqiqot o‘tkazib, Nyu-Delidagi internet sifatini tekshirib ko‘rishdi, unga ko‘ra, internet tezligi - soniyada 21 Mb'ni tashkil qilgan.

Mavzuga oid