Jahon | 20:33 / 19.09.2016
16965
1 daqiqa o‘qiladi
Suriya armiyasi sulh muddati tugagani haqida ma'lum qildi
Suriya qurolli kuchlari o‘t ochishni to‘xtatish tartibi muddati yakunlangani haqida ma'lum qildi. Bu haqda Suriyadagi nashrlarga asoslangan holda RIA Novosti xabar bergan.
"Bu tartib joriy etilishi qon to‘kilish oldi olinishini ta'minlashi kutilgandi. Ammo terrorchilar kelishuvning biron bandiga rioya qilishmadi va ular tomonidan kelishuv 300 martadan ortiq buzildi", deyilgan xabarda.
Suriya qurolli kuchlari bosh qo‘mondonligining fikricha, terrorchilar tinchlik rejimidan jangarilarni qayta guruhlash va hujumlarni davom ettirish maqsadida qurol-yarog‘ to‘plashda foydalandi.
Sulh tartibi 12 sentabr kuni amalga kirgan edi.
Mavzuga oid
12:16 / 18.12.2023
Berlin, London va Parij G‘azo sektorida sulh tuzishga chaqirdi
10:58 / 27.06.2023
Sudan maxsus kuchlari ikki kunlik bir tomonlama sulh e’lon qildi
12:59 / 09.01.2023
Ukraina «sulh»dan keyin ham o‘qqa tutilganini ma’lum qildi
09:53 / 07.01.2023