Jamiyat | 17:02 / 22.09.2016
5723
2 daqiqa o‘qiladi

Disney polineziyaliklarning mahalliy libosini sotuvdan qaytarib oldi

Amerikaning Walt Disney Pictures studiyasi polineziyalik bolakay libosining savdosini to‘xtatishga qaror qildi. U, yangi "Moana" multfilmi taqdimoti oldidan maxsus chiqarilgan edi. Bunga Polineziya qadriyatlarini masxara qilish ayblovi ilgari surilgani sabab bo‘lgan

Libosni tanqid qilganlar: "bizning terimiz – libos emas" va "oq tusli liboslar oq rangli qahrmonlarni anglatmaydi-ku" qabilidagi so‘zlarni bildirishgan.

Gap shundaki, ust-bosh kiyim Polineziya aholisining terisi rangida, mallatusdagi matodan tikilgan kombinezondir. U, an'anaviy tana suratlari, o‘simlikli yubka va suyaklardan yasalgan taqinchoqdan iborat. U, multfilm qahramonlaridan biri demiurg Maui timsoli bo‘lishi kerak edi. 

""Moana" ijodkorlari, multfilmni suratga olishga ilhom bag‘ishlagan Tinch okeani orollari madaniyatiga hurmat bilan qaraydi. Shunga ko‘ra, bizning Maui libosimiz kimlarningdir hissiyotlariga salbiy ta'sir ko‘rsatgan bo‘lsa, biz bundan afsusdamiz", - deyiladi kompaniya bayonotida. 

"Biz uzr so‘raymiz va liboslarni saytimiz va do‘konlarimizdan qaytarib olamiz", - deya qo‘shimcha qilgan kompaniya rahbariyati. 

Okeanorti sayohatiga yo‘l olgan qizaloqning sarguzashtlaridan hikoya qiluvchi "Moana" multfilmi shu yilning noyabr oyida katta ekranlarga chiqadi. 

Mavzuga oid