Yengilmas Floyd Meyveyzer Rahmatjon Ro‘zioxunovni jamoasiga taklif qildi
Amerikalik afsonaviy bokschi Floyd Meyvezer o‘zbekistonlik murabbiy Rahmatjon Ro‘zioxunovni jamoasida ishlashga taklif etgan.
Bu voqea, Rio-de-Janeyro Olimpiadasida bo‘lib o‘tgan. Yarim o‘rta vazn toifasida yengilmasligini isbotlagan amerikalik bokschi Ro‘zioxunovning shogirdlarini raundlar oralig‘idagi qisqa tanaffuslarda tez va ajoyib tiklash qobiliyatini e'tirof etgan.
Bu kabi takliflar, R.Ro‘zioxunovga qozog‘istonlik bokschilar jamoasi rahbariyatidan ham kelib tushgan. Ammo, R.Ro‘zioxunov o‘zbek bokschilarini tayyorlashni ma'qul ko‘rgan, deb yozmoqda Anhor.uz sayti.
Qayt etish joizki, Ro‘zioxunov bundan avval O‘zbekiston muaytay terma jamoasi bosh murabbiyi bo‘lgan, 2011 yilda esa, «Yilning eng yaxshi murabbiyi» deb topilgan edi.
Mavzuga oid
08:47 / 22.12.2024
Usik Fyurini yana yengdi
21:57 / 18.12.2024
Fyuri va Usik boks jangida ilk marta sun’iy intellektga asoslangan hakam bo‘ladi
04:18 / 15.12.2024
Murodjon Ahmadaliyev nokaut bilan g‘alaba qozonib, kamar sohibiga aylandi
15:42 / 13.12.2024