Jahon | 21:42 / 25.09.2016
5562
2 daqiqa o‘qiladi

Shveytsariyaliklar o‘z ortlaridan maxsus xizmatlarga kuzatishga ruxsat berishdi

Foto: © EPA

Shveytsariya aholisi referendum davomida razvedka xizmati vakolatlarini kengaytirish tashabbusini qo‘llab-quvvatladi. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, bu tashabbusni 65,5 foiz ovoz beruvchilar qo‘llab-quvvatlagan. 

Bunga qarshi chiqqanlar mamlakatning 26 kantoni yoki yarim kantonidan birortasida ham ko‘pchilik ovoz yig‘a olmadi. Ular bu chora fuqarolar erkinliklarini buzishidan xavotirlanmoqdalar Xalq ixtiyoriga olib chiqilgan qonunga ko‘ra, hukumat telefonlarni tinglash, elektron pochtani kuzatish, shaxsiy hudud ortidan kuzatuv olib borish huquqini oladi. Tashabbus tarafdorlarining fikricha, buning barchasi terrorchilik xavfi sharoitida xavfsizlikni oshirishga imkon beradi.  

Hukumatda maxsus xizmatlar bu vakolatlardan taxminan bir oyda bir marta eng shubhali odamlar ortidan kuzatish uchun foydalanishlari aytildi. Kuzatuv olib borish haqidagi qonun o‘tgan yili qabul qilingandi, biroq u kuchga kirmagandi, chunki unga qarshi chiquvchilar uni qayta ko‘rib chiqishga yetarli miqdorda imzo to‘play olgandilar.

Bundan tashqari, shveysariyaliklar referendumda pensiyalarni 10 foizga oshirish masalasi bo‘yicha ham ovoz berdilar. Ovoz beruvchilar so‘llar tomonidan bildirilgan taklifni qabul qilishmadi. Bundan tashqari, referendumda 2050 yilgacha "yashil iqtisodiyot"ga o‘tish tashabbusi ham ma'qullanmadi. U ham pensiyani oshirish kabi juda serxarajat hisoblanmoqda.

 

Mavzuga oid