Jamiyat | 13:39 / 26.09.2016
15867
1 daqiqa o‘qiladi

Xitoyda cho‘l o‘rtasidan o‘tuvchi eng uzun yo‘l qurildi

Xitoyda cho‘l o‘rtasidan o‘tuvchi eng uzun yo‘l qurildi. Bu haqda Xitoy markaziy televideniyesi xabar bermoqda.

Trassa shimoliy Xitoydagi Ichki Mongoliya muxtor tumanining Linxe va Baygeda punktlarini o‘zaro birlashtirib turadi. Uning uzunligi 930 km.ni tashkil etadi. Telekanalning xabar berishicha, avtomagistral cho‘l o‘rtasidan o‘tgan yo‘llar ichida rekord uzunlikka ega. Loyihaning umumiy qiymati 37 milliard yuanni (5,55 milliard dollar) tashkil etadi.

Ichki Mongoliya hukumati saytida e'lon qilinishicha, 2015 yilning aprelida boshlangan trassaning qurilishida 30 ming ishchi qatnashgan.

Mavzuga oid