Fan-texnika | 15:24 / 03.10.2016
10472
3 daqiqa o‘qiladi

“AGROBANKMOBILE” zamonaviy interaktiv yangi xizmat turi

“Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki tomonidan  “AGROBANKMOBILE” zamonaviy innovatsion xizmat turi joriy qilindi.

Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad kundan-kunga chiroy ochib borayotgan shaharu qishloqlarimizda savdo hamda pullik xizmat ko‘rsatish shoxobchalarining aholiga sifatli, tezkor va ishonchli xizmat ko‘rsatish tizimini yanada yaxshilashdan iboratdir. Yangi xizmat turi bank plastik kartalardan foydalanuvchi barcha mijozlarga taklif etilmoqda. 

Ushbu xizmat orqali kredit foizlari so‘ndirilishi hamda yer va mol-mulk soliqlariga, uyali aloqa to‘lovlari, shahar telefonlariga to‘lovlar hamda internet, internet-saytlar uchun mobil telefonga to‘lovlarni amalga oshirishingiz mumkin. Buning uchun siz internetdagi “Google Play” dasturidan “AGROBANKMOBILE” ilovasini yuklab olishingiz lozim.

Shundan so‘ng mobil telefoningiz orqali barcha to‘lovlarni amalga oshirishingiz mumkin bo‘ladi.

Bundan tashqari ushbu xizmat turi orqali mijozlar (jismoniy shaxslar) bir plastik kartadan boshqa plastik kartaga pul o‘tkazish, plastik karta hisob raqamidagi qoldiq mablag‘larni ko‘rish, ushbu qoldiq mablag‘lar hisobidan kreditning asosiy qarzi va hisoblangan foizini so‘ndirish va boshqa maqsadlarda mablag‘lar o‘tkazish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Shuningdek, yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar “AGROBANKMOBILE - BIZNES”  xizmat turi orqali bankdagi hisob raqamidagi mablag‘larni tasarruf etish (boshqarish) imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Shuningdek, yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar mavjud limit va qoidalarga rioya qilgan holda xizmatlar uchun to‘lovlarni o‘tkazish, doimiy to‘lovlar shablonini hosil qilish, vaqt va transport xarajatlarini tejagan holda bankka to‘lov hujjatlarini yuborish, real vaqt mobaynida bu hujjatlarning qayta ishlanishini kuzatib borish, xatoliklar to‘g‘risida tezkor ma'lumotlar olish, istalgan muddat uchun hisob raqamlardan ko‘chirmalar olish, turli hisobotlarni shakllantirish va o‘z to‘lovlarini elektron imzo yordamida tasdiqlash imkoniga ega bo‘ldilar.

Ushbu AGROBANKMOBILE” ilovasiga taalluqli qo‘shimcha ma'lumotlarni Agrobankning rasmiy sayti orqali ham olish mumkin.

Zafar Mamajonov

Reklama huquqi asosida.
 

Mavzuga oid