Fan-texnika | 09:04 / 21.10.2016
6057
1 daqiqa o‘qiladi

WikiLeaks Klinton hamkori uchun «sovg‘a»si borligi e'lon qildi

WikiLeaks sayti AQSh vitse-prezidentligi uchun Demokratik partiya nomzodi Tim Keyn hamda Demokratik partiyasi milliy qo‘mitasi raisi Donna Brazil uchun «sovg‘a» tayyorlab qo‘yganini ma'lum qildi. Bu haqda maxfiy ma'lumotlarni oshkor qilishga ixtisoslashgan saytning Tvitter sahifasida e'lon qilingan.

«Bizning Tim Keyn va Donna Brazil uchun kutilmagan sovg‘amiz bor», — deyiladi WikiLeaks tvitterida.

Avvalroq, WikiLeaks Amerika prezidenti Barak Obamaning elektron maktublarini va uning shaxsiy elektron pochtasi manzilini oshkor qilgan edi. 

WikiLeaks shuningdek, internetga Klinton saylovoldi shtabi rahbariga tegishli maktublarning 13-qismini e'lon qilgan edi. 


 

Mavzuga oid