Jamiyat | 16:45 / 24.10.2016
5817
1 daqiqa o‘qiladi

Belgiyalik konditerlar dunyodagi eng yirik ekler mahsulotini tayyorlashdi

Foto: Twitter/Televesdre

Belgiyaning Verve shahrilik 20 nafardan ortiq konditerlarning 3 soatdan ko‘proq vaqt mobaynida mehnat qilishi natijasida uzunligi 676,6 metr bo‘lgan shirinlik tayyorlandi. Uni tayyorlashga 70 kg sariyoq, 2 ming dona tuxum, 50 kg un va 300 litr sut kerak bo‘lgan. 

Garchi rekord o‘lchamdagi ekler mahsuloti notarial idorasida tasdiqlangan bo‘lsa-da, Ginness rekordlar kitobiga kiritilmasligi aytilmoqda. Chunki, buning uchun zarur bo‘lgan ariza topshirilmagan. 

6 ming bo‘lakka bo‘lingan shirinlikni sotishdan tushadigan mablag‘ xayriya maqsadlariga sarf qilinishi aytilmoqda. Rasmiy rekord natija Shveytsariyada pishirilgan pirogga tegishli bo‘lib, uning uzunligi 503 metrni tashkil etadi. 
 

Mavzuga oid