Jahon | 08:48 / 25.10.2016
4978
1 daqiqa o‘qiladi

Fransiyaning Kalesidagi muhojirlar lageri evakuatsiya qilina boshlandi

Foto: © AFP

Fransiyaning Kale shahrida joylashgan muhojirlar lagerini evakuatsiya qilishning birinchi kuni uni 2,3 mingdan ko‘proq muhojir tark etdi. Bu haqda Fransiya ichki ishlar vaziri Bernar Kaznev ma'lum qildi, deb xabar bermoqda "Frans Press" axborot agentligi.  

24 oktabrda lagerdan qochqinlarni ommaviy ravishda boshqa joylarga ko‘chirish boshlangandi.

Kaznevning aytishicha, lagerni 45 ta avtobusda 1,9 mingdan ko‘proq katta yoshdagi muhojirlar tark etdi, ular Fransiyaning 11 ta hududiga jo‘natiladi. Bundan tashqari, lagerni 400 ga yaqin balog‘atga yetmagan bolalar tark etgan.  

Xalq orasida "jungli" deb yuritiladigan lagerni sentabr boshida tarqatib yuborishga qaror qilingandi. Buni mahalliy aholi talab qilgan. Kaznevning ta'kidlashicha, joriy bahorda lagerning janubiy qismi demontaj qilingandi. 

 

Mavzuga oid