Sport | 21:44 / 27.10.2016
8479
1 daqiqa o‘qiladi

«Liverpul» 196 sm bo‘yga ega 15 yoshli futbolchini sotib oldi

Foto: VVS

«Beri»ning 15 yoshli futbolchisi Emeka Obi faoliyatini «Liverpul»da davom ettiradi.

The Bury Times ma'lumotiga ko‘ra, klublar nigeriyalik ushbu himoyachining transferi bo‘yicha kelishuvni imzolagan. Obi ham yangi jamoaga o‘tganini tasdiqlagan.

15 yoshli bu himoyachining bo‘yi 198 santimetr bo‘lib, mersisaydliklar murabbiyi uni asosiy tarkibga qo‘yishga qarshi bo‘lmasligini aytib o‘tgan.

Obi «Beri» tarixidagi eng yosh debyutant hisoblanadi. U Angliya quyi ligalari Kubogi doirasida «Morkemb»ga qarshi o‘yinda maydonga tushirilgan.

Manba: Tribuna.uz

Mavzuga oid