Jahon | 19:24 / 01.11.2016
6695
1 daqiqa o‘qiladi

BMT: IShID jangarilari Mo‘sul aholisidan tirik qalqon sifatida foydalanmoqda

Foto: © AFP

IShID terrorchilik guruhi jangarilari tinch aholi vakillarini Mo‘sulning  infratuzilmalari joylashgan tumanlariga qasddan ko‘chirmoqda. Bu esa harbiy jinoyat hisoblanadi, deya bayonot bergan BMT IHOKB matbuoti kotibi Ravina Shamdasaniy.

"Tinch aholidan tirik qalqon sifatida foydalanish hamda tinch fuqarolarga ularning xavfsizligi bilan bog‘liq bo‘lmagan yoxud birinchi darajali harbiy maqsadlarni ko‘zlab ko‘chish buyrug‘ini berish harbiy jinoyatlar hisoblanadi", — degan u. 

BMT Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissarligi boshqarmasi, shuningdek, IShIDning yangi ommaviy qatlliklari haqida axborotlarga egaligini bildirgan. Xususan, 29 oktabrda jangarilar Iroq qurolli kuchlarining 40 nafar sobiq askarini o‘ldirgan. Albatta, bu xabar ishonchli manbadan olingan bo‘lsa-da, to‘ldirilmagani bois, o‘ldirilganlar soni ko‘p bo‘lishi ham mumkinligini aytgan matbuot kotibi. 


 

Mavzuga oid