O‘zbekiston | 19:16 / 01.11.2016
11193
1 daqiqa o‘qiladi
Davlat statistika qo‘mitasi raisiga o‘rinbosar tayinlandi
O‘zbekiston Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyevning 26 oktabrdagi qarori bilan Ikramov Agzam Anvarjonovich O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi raisining o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati xabar berdi.
Agzam Ikramov egallab turgan lavozimida turmush darajasi va ijtimoiy soha, demografiya va mehnat, xizmatlar sohasi, tadbirkorlik va bank-moliya xizmatlari statistikasi boshqarmalarining faoliyatini muvofiqlashtiradi.
Shu yilning aprelida Davlat statistika qo‘mitasi raisining o‘rinbosari Begalov Baxodir Abdusalomovich boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan o‘z lavozimidan ozod etilgandi.
Mavzuga oid
16:52 / 11.10.2021
O‘zbekistonda 9 oy ichida 206 mingdan oshiq nikoh qayd etilgan
21:56 / 04.09.2020
O‘zbekiston iqtisodiyotining 30 foizdan ortig‘i norasmiy iqtisodiyotni tashkil etadi
21:30 / 27.11.2018
2020 yilgacha eng kam oylik ish haqi mezonidan iste'mol savatchasiga o‘tilishi rejalashtirilmoqda
14:46 / 27.11.2018