Fan-texnika | 19:33 / 03.11.2016
12522
2 daqiqa o‘qiladi

Beeline abonentlar bazasi 9,6 millionni tashkil etdi

Foto: Beeline

Beeline aloqa operatorining O‘zbekistondagi abonentlari soni joriy yilning uchinchi choragi yakunlariga ko‘ra 9,6 millionni tashkil etdi. Bu haqda «VympelKom» guruhi hisobotida keltirilgan deb yozadi "Gazeta.uz" nashri.

Taqqoslash uchun, 2015 yilning xuddi shu davrida bu ko‘rsatkich 10,2 millionni tashkil etgandi.

Kompaniyaning umumiy tushumi yanvar-sentabr oylarida 502 mlrd so‘mni tashkil etib, bu o‘tgan yilning xuddi shu davridagi ko‘rsatkichga nisbatan 5 foiz ko‘p demakdir. Bunda mobil aloqa xizmatidan olingan daromad 499 mlrd so‘m (+5 foiz), shu jumladan, ma'lumotlarni yetkazish xizmati — 95 mlrd so‘m (+7 foiz)ni tashkil etdi. Kapital xarajatlar esa 112 mlrd so‘mdan iborat bo‘ldi.

EBITDA ko‘rsatkichi (asosiy vositalarning ishdan chiqishi, nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi va aktivlarning qadrsizlanishi bilan bog‘liq zararlarni ayirib tashlashgacha bo‘lgan operatsion foyda) 11 foizga o‘sib, 287 mlrd so‘mga yetdi.

Yanvar-sentabr oylarida bir nafar abonentga o‘rtacha oylik hisob (ARPU ko‘rsatkichi) 17,52 ming so‘mni, o‘tgan yilgi ko‘rsatkichdan 14 foiz ko‘proqni tashkil etdi. MOU ko‘rsatkichi (bir oyda bir abonent tomonidan foydalanilgan daqiqalar ko‘rsatkichi) — bir yil avvalgi 550 daqiqaga nisbatan 558 daqiqa.

Mavzuga oid