Sport | 10:06 / 03.11.2016
11457
2 daqiqa o‘qiladi

OAVda Messi bilan ziddiyatga borgan odam kimligi ma'lum qilindi

Foto: VVS

«Barselona»ning YeChL guruh bosqichi doirasida «Manchester Siti»ga qarshi o‘yinidan keyin Lionel Messi bilan stadion tunnelida mojaroga borgan mezbonlar vakili kimligi borasida yana bir talqin bildirildi.

La Sexta telekanali ma'lumotiga ko‘ra, argentinalik futbolchini haqoratlagan «shaharliklar» bosh murabbiyi Xosep Gvardiolaning yordamchisi Mikel Arteta edi.

Ma'lum qilinishicha, kiyim almashtirish xonasiga yo‘l olayotgan Arteta Messiga shunday degan: «Sen nimani kutganding? Bor xonaga, ***».

Futbolchi bunga javob qaytargan va unga tashlangan: «Buyoqqa kel, ahmoq! Qochma, mendan yashirinma!»

Bundan oldingi xabarlarda, Messi bilan mojaro boshlagan «Siti» vakili Fernandino ekani aytilgandi. Ammo braziliyalik futbolchi tezda bu ma'lumotni inkor qildi.

«Bunday ivg‘oli mish-mishlar qayerdan paydo bo‘ladi, tushunmayman. Yana bir marta takrorlashim mumkin. Tarqatilayotgan xabarlar nafaqat yolg‘on, balki be'manilikdir. Men o‘yindan keyin «Barselona» vakillarining hech biri bilan to‘qnash kelmadim.

Bu ig‘vo mening xarakterimga mos narsa emas. Kimga qarshi o‘ynashimdan qat'i nazar men maydonda ham, maydon tashqarisida ham raqibni hurmat qilish prinsipiga amal qilaman», – deya yozdi Fernandino o‘z tvitterida.

Messi «Manchester Siti» futbolchilari bilan o‘yindan keyin janjallashib qoldi

Mavzuga oid