Jamiyat | 21:38 / 07.11.2016
6612
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh elchixonasi Jahon tillari universitetiga kitoblar jamlanmasini taqdim etdi

7 noyabr kuni Amerika Qo‘shma Shtatlarining O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Pamela Spratlen O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida bo‘ldi. 

Elchixona xodimlaridan iborat maxsus deletsiyaning tashrifdan ko‘zlagan asosiy maqsadi ta'lim dargohi talabalari uchun o‘quv va badiiy adabiyotlar jamlanmalarini sovg‘a qilishdan iborat bo‘ldi.

Ikki tomon o‘rtasida o‘tkazilgan maxsus muloqot davomida hamkorlikning kelgusi rejalari, ilmiy, madaniy va boshqa yo‘nalishlardagi yangi loyihalar muhokama qilindi.

Universitet faoliyati bilan tanishib chiqqach, mehmonlar kutubxonada talabalar bilan uyushtirilgan uchrashuvda ishtirok etishdi.

Axborot resurs markaziga taqdim etilgan 100 nusxadagi kitoblar maxsus ko‘rgazmali burchakdan o‘rin olishdi.

Manba: fledu.uz

Mavzuga oid