Jahon | 15:23 / 04.03.2023
12112
5 daqiqa o‘qiladi

G‘oyalar yurishi, uchayotgan bola va kitoblar favvorasi - kitoblarga qo‘yilgan eng ajoyib haykallar (foto)

Kitob — insonlarni fikrlashga o‘rgatadigan, yetuklik sari olib boradigan eng yaxshi vosita. Ko‘pgina mamlakatlarda mutolaaga chorlaydigan, kitobning ahamiyatini aks ettirgan haykallar talaygina.

Bu kabi haykallar kutubxonalar, bolalar bog‘chalari, maktablar va dam olish maskanlari uchun juda yaxshi. Bolalar ko‘pincha o‘qishga erinadi, ayniqsa texnologiya asrida. Biroq bu kabi ta’sirli vizual eslatmalar ularning e’tiborini kattalar aytganidan ko‘ra ko‘proq jalb qilishi mumkin.

Ochiq kitob shaklidagi o‘rindiq

O‘rindiq - biz deyarli har kuni ishlatadigan bezaksiz buyum. Ammo Bolgariya o‘ziga xos joy, chunki ko‘zni qamashtiruvchi “Kitob o‘rindiqlari” bor. Bu skameykalar qog‘oz kitoblar shaklida yaratilgan.

Bu o‘ziga xos kitob skameykalari Bolgariyaning Burgas shahrida shuningdek,  London va Manchester atrofida joylashgan bo‘lib, ularni bog‘larda, avtobus bekatlarida va boshqa jamoat joylarida topish mumkin.

Bu o‘rindiqlar shisha tolali xomashyodan yasalgan va yuqori sifat standartlariga ega. Ular ultrabinafsha nurlardan himoya qilishga yordam beradigan bir nechta bosma folga qatlami bilan laklangan.

Ushbu o‘rindiqlar mijoz xohishiga ko‘ra ishlab chiqilgan, buning natijasida har biri turli xil dizaynga ega.

Ulardan qirg‘oqlar, avtobus bekatlari va bog‘lar kabi jamoat joylarida, shuningdek, maktablar, kutubxonalar va muzeylarda foydalanish mumkin.

“Tushlik uchun”

Sendvich yeyayotgan va kitob o‘qiyotgan yigitning haqiqiy o‘lchamdagi bronza haykali “Tushlikka chiqish” deb nomlanadi. U Janubiy Karolina shtati, Xilton Xed orolidagi Harbor Tovn Marinada joylashgan.

“Zamonaviy kitob chop etish” haykali (Der moderne Buchdruck)

Bu kitoblar minorasi 2000 yillar boshida Germaniyaning Berlin shahrida 2006 yilgi futbol bo‘yicha Jahon kubogi munosabati bilan foydalanishga topshirilgan “G‘oyalar yurishi” nomli oltita haykaldan biri edi. Scholz va Friyends loyihalashtirgan mazkur kitob minorasining balandligi 12,2 metr (40 fut).

Po‘lat konstruksiya 17 xil o‘lchamdagi qobiq segmentlarini birlashtirdi. Ularning har biri bitta kitobni ifodalaydi. Minoraning umumiy og‘irligi 35 tonna.

17 ta kitobning yon tomoniga nemis shoir va yozuvchilarining ismlari yozilgan. Haykal 1450 yillarda Maynsda zamonaviy bosmaxonani ixtiro qilgan Iogannes Gutenberg xotirasiga bag‘ishlangan.

“O‘rganishning egri chizig‘i”

Haykaltarosh Gari Li Prays o‘z veb-saytida shunday deydi: “Egri chiziq kuchli, yoqimli va asosiy, chunki agar siz uni davom ettirsangiz, aylana hosil bo‘ladi. Doiralar har doim birlik, energiya va yaratilishning ajoyib ramzi bo‘lib kelgan. Menga bu asarning dizayni ham yoqadi, chunki u bizga ko‘prikni eslatadi va ko‘priklar bizni birlashtiradi”!

“Bilim daraxti”

Bilim daraxti bronzadan ishlangan bo‘lib, baland va nafis. Insonga ma’lum bo‘lgan eng yaxshi narsa — kitobdan o‘sib chiqqani aks ettirilgan.

“Sehrli o‘qish”

“Sehrli o‘qish” haykaltarosh Juli Jons tomonidan yaratilgan. Bu bolaning tasavvurini va ular o‘qigan olamlar va mavjudotlar qanday jonlanishini — uning sevimli itining hayratlanarli ko‘rinishini aks ettiradi.

Kitob favvorasi

Amelia Valerio Veinberg memorial favvorasini Ispaniyaning Barselona shahridagi Vine Street Plazada topish mumkin. “Kitob favvorasi” keramik plitkalar to‘plami ustidan suv oqimini o‘z ichiga oladi va haykaltarosh Maykl Fraskaning so‘zlariga ko‘ra, u bosma so‘zlar orqali ma’lumotlar, fikrlar va g‘oyalarning cheksiz oqimini ifodalaydi.

“Uchishni o‘rganish”

Bola kitoblar minorasi tepasida turibdi, u uchishga tayyor, bu biz zavq bilan  o‘qish uchun mustahkam poydevorga ega bo‘lganimizda erishishimiz kerak bo‘lgan salohiyatni aniq tasvirlaydi.

“Dono boyqush”

Bu kitob minorasida o‘tirgan boyo‘g‘li. Boyqushlar uzoq vaqtdan beri donolik ramzi hisoblanadi. Shuning uchun u bizga o‘qish orqali erishgan donolikni eslatib turadi.

Mavzuga oid