Sport | 16:49 / 08.11.2016
8760
2 daqiqa o‘qiladi

Promouter: Pakyao va Meyuezer o‘rtasidagi revansh jangi ehtimoli 75 foiz

Foto: EPA

WBO – Butunjahon boks tashkiloti chempioni filippinlik Menni Pakyao va bokschilik faoliyatini yakunlagan amerikalik Floyd Meyuezer kichik o‘rtasidagi revansh jangi ehtimoli 75 foizni tashkil etadi. Filippinlik bokschi promouteri Bob Arum shunday fikrni bildirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 6 noyabr kuni bo‘lib o‘tgan bahsda, Pakyao hakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra, amerikalik jahon chempioni Jyessi Vargasni mag‘lubiyatga uchratgan va WBO tasnifi bo‘yicha yarimo‘rta vazn toifasida jahon chempioni kamarini qo‘lga kiritgandi. Meyuezer tomoshabinlar orasida ko‘zga tashlangan va jangni bevosita kuzatgan. Keyinchalik Pakyao Floydni o‘zi taklif qilganini aytgan. 

Menni Pakyao va Meuezer kichik o‘rtasidagi bahs 2016 yil 2 mayida bo‘lib o‘tgan, unda hakamlar qaroriga ko‘ra, amerikalik g‘alaba qozongan edi. OAV xabarlariga ko‘ra, ushbu jangda tushgan daromad 600 million dollarni tashkil etgan. Pakyaoga 140 mln dollar, Meuezer - 210 million dollar berilgan. 

Mavzuga oid