Sport | 09:37 / 13.11.2016
20153
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiyalik yakkakurashchi Nurmagomedov Makgregorni jangga chaqirdi

Nyu-Yorkda Mutlaq jangchilik chempionati (MMA) UFC 205 musobaqasi o‘z yakuniga yetmoqda. Musobaqadagi janglardan birida rossiyalik Xabib Nurmagomedov o‘zining raqibi, amerikalik Maykl Jonsonni mag‘lub etdi.

O‘z vazn toifasida ikkinchi raqamli sportchi jangning 3-raundida reytingda 6-pog‘onani egallayotgan raqibining qo‘liga og‘riq beruvchi usulni qo‘lladi. Shundan keyin Jonson o‘z mag‘lubiyatini tan olib, taslim bo‘ldi.

28 yoshli Nurmagomedov MMA’ning porlab chiqayotgan haqiqiy yulduzi hisoblanadi. U o‘z hisobida 24 ta g‘alabaga ega va hali biror marta mag‘lubiyatga uchramagan.  

Nyu-Yorkdagi musobaqaning bosh jangi irlandiyalik Konor Makgregor va AQShlik Eddi Alvares o‘rtasida bo‘lishi kutilmoqda.

Nurmagomedov g‘alabasidan keyin UFC’ning bosh yulduzi Makgregorni jangga chaqirdi.

"Irlandlar, men sizning jo‘jangiz bilan jang qilmoqchiman, chunki u mening vaznimda birinchi", deb aytgan sportchi.

Mavzuga oid