Selfi sababli Hindistonning 76 fuqarosi halok bo‘lgani ma'lum bo‘ldi
2014 yilning mart oyidan dunyo bo‘yicha kamida 127 kishi selfi olish vaqtida halok bo‘lgan. Bunday xulosaga Karnegi-Mellon universiteti tadqiqotchilari keldilar. Bu haqda Mashable nashri xabar bermoqda.
Olimlar selfidan ko‘proq Hindiston fuqarolari halok bo‘lishini aniqladilar. Tadqiqotda ko‘rib chiqilgan noxush voqealarning yarmidan ko‘pi, ya'ni 76 tasi aynan shu davlatga to‘g‘ri kelgan. Bu borada 2-o‘rinni Pokiston egallamoqda, bu yerda 9 kishi selfi oqibatida halok bo‘lgan. Shuningdek, 8 nafar amerikalik, 6 nafar rossiyalik va 4 nafar xitoylik selfi qurboni bo‘lgan.
Ta'kidlanishicha, Hindistonda selfi vaqtida halok bo‘lganlarning aksariyati cho‘kib ketgan.
Odatda ayollar erkaklarga nisbatan ko‘proq selfi olishadi, deb hisoblansa-da, halok bo‘lganlarning 75,5 foizini erkaklar tashkil qilgan. Bundan tashqari, 127 nafar qurbondan 86 nafarining yoshi 24 dan kichik bo‘lgani aniqlangan.
Mavzuga oid
18:07 / 24.12.2024
Hindiston 2040 yilda Oyga o‘z kosmonavtini uchiradi
23:25 / 23.12.2024
Bangladesh Hindistondan sobiq bosh vazir Shayx Hasinani ekstraditsiya qilishga yordam berishni so‘ramoqda
11:42 / 18.12.2024
O‘zbekiston va Hindiston zargarlik buyumlari ishlab chiqarish imkonini o‘rganmoqda
20:02 / 17.12.2024