Obama o‘z lavozimida so‘nggi marta kurkani "afv etdi"
AQSh prezidenti Barak Obama 23 noyabrda mamlakat rahbari sifatida so‘nggi marta Shukronalik kuni arafasida kurkani "afv etish" qadimiy milliy an'anasini bajo keltirdi.
Marosim Oq uyning Pushti bog‘ida o‘tkazildi. Unda bir necha o‘n kishi ishtirok etdi hamda 10 daqiqacha davom etdi. Obama mehmonlar oldiga ikki o‘g‘il bola jiyani bilan chiqdi. Obama keyinroq uning qizlari Maliya va Sasha marosimda ishtirok etisha olmagani, shuning uchun unda jiyanlari Ostin va Aaron Robinsonlar ishtirok etayotganini ma'lum qilgan. Obama "bu bolakaylar Maliya va Sasha kabi Vashingtonga bepisand qaramaydilar" deb hazillashgan.
Obama nutqi davomida bir necha marta hazil ohangdan jiddiy ohangga o‘tgan va yana aksincha yo‘l tutgan. U jumladan "AQSh prezidentlari avlodlar davomida ikki an'anaga – Shukronalik kunini e'lon qilish va hayotda ikkinchi imkoniyatni olishga umid qilayotganlarni afv etishga amal qilib kelganlarini" aytdi. "Biz bu haftada unisini ham, bunisini ham qildik" deb aytgan Obama mayda jinoyatlarni amalga oshirgan ko‘plab jinoyatchilarning afv etilganini ko‘zda tutib.
"Bu yilda biz shukur aytishimizga sabablar ko‘p", deb aytgan Obama va shu munosabat bilan mamlakatda yangi ish o‘rinlari yaratilgani, bandlik darajasining oshgani, iqtisodiyotning tiklanayotganini eslatib o‘tgan.
Bu orada esa Tot laqabli kurka o‘tloq ustida "gerdaygancha" sayr qilib yurgan. So‘ngra kurka maxsus yaratilgan shohsupaga chiqarilib, Obama uni "afv etgan". Yaqin orada esa Teytor laqabli yana bir kurka bo‘lgan. Obamaning aytishicha, bu kurkaga "Tot o‘z majburiyatlarini bajarishdan voz kechadigan bo‘lsa, bu majburiyatlar unga o‘tadigan vitse-kurka" vazifasi topshirilgan.
Ikki kurka ham Ayova shtatida boqilgan. Endi ular "pensiyaga" chiqadilar va Virginiya shtatining Texnologik universitetiga jo‘natiladilar. Kurkalarni u yerda talabalar va veterinarlar parvarish qiladilar.
Obama Pushti bog‘dagi marosimdan keyin turli urushlar faxriylari yashaydigan qariyalar uyiga tashrif buyurib, u yerda rafiqasi Mishel va qizi Sasha bilan shaxsan o‘zi qariyalarga bayram taomidan tortiq qilgan.
AQShda Shukronalik kuni noyabrning 4-payshanbasida nishonlanadi. Joriy yilda u 24 noyabrga to‘g‘ri kelmoqda.
Bu an'ana va kurkaning bayramona dasturxonga tortilishi 1621 yilga borib taqaladi. O‘shanda birinchi ko‘chmanchilar Massachusets shtati hududida yashagan hindularni hosil uchun Tangriga birgalikda shukronalar aytishga taklif etishgan. Hindular ko‘chmanchilarga ular avval ko‘rmagan qushni sovg‘a sifatida olib kelishgan. Shundan keyin bu qush kurka (indeyka) deb atala boshlagan. O‘shandan beri kurka ushbu bayramning ajralmas qismi bo‘lib keladi. Ushbu bayram 1863 yilda Avraam Linkoln prezidentligi vaqtida milliy bayram maqomini olgan.