Jamiyat | 00:30 / 26.11.2016
11256
1 daqiqa o‘qiladi

Dubayda jonli gullardan eng katta yo‘lovchi samolyoti nusxasi yaratildi

Foto: Emirates Airline

BAAning Emirates aviakompaniyasi Dubaydagi "Mo‘'jizalar bog‘i" xodimlari bilan birga jonli gullardan dunyodagi eng katta yo‘lovchi samolyoti Airbus A380’ning nusxasini yaratdi. 

Emirates ushbu antiqa samolyotning yaratilishi jarayonini videoga oldi. Ta'kidlanishicha, bu "mo‘'jiza"ni yaratish uchun yarim yil vaqt ketgan. Loyiha ustida 200 dan ko‘proq odam kuniga 10 soatdan ishlagan. 

Samolyotning asl o‘lchamidek bajarilgan po‘lat karkas 500 mingta jonli o‘simlik bilan bezatilgan. "Gullardan yasalgan samolyot"ning umumiy og‘irligi 100 tonnani tashkil qilgan. Haqiqiy Airbus A380’ning og‘irligi esa 575 tonnaga teng. Ushbu "go‘zallik" bilan 27 noyabrdan boshlab bahramand bo‘lish mumkin.   

 

Mavzuga oid