Xitoydagi maktab "a'lo" baholar uchun o‘quvchilariga pul mukofoti berdi
Xitoyning Venchjou shahridagi o‘rta maktab direktori maktabga endi o‘qishga kelgan o‘quvchilarga 8 mln yuan pulni mukofot sifatida tarqatdi. Pullarni kirish imtihonini muvaffaqiyatli topshirgan bolalar oldi. Maktab direktori shu tariqa ko‘proq iqtidorli bolalarni jalb qilmoqchi. Bu haqda Daily Mail nashri xabar bermoqda.
Shu munosabat bilan o‘quvchilarni pul mukofotlari bilan taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tgan. Pullar boshlang‘ich maktabdan o‘rta maktabga o‘tgan 15 yoshgacha bo‘lgan o‘quvchilarga berilgan.
Pul mukofoti miqdori imtihonda olingan baholarga bog‘liq bo‘lgan. Shu tariqa bolalar baholariga mos ravishda 100 ming, 50 ming va 40 ming yuanlik pul mukofotlari olganlar. Pulning bir qismi naqd pulda berilgan, qolgani esa bolalarning hisob raqamlariga o‘tkazilgan. Hammasi bo‘lib 239 o‘quvchi taqdirlangan.
Maktab direktorining aytishicha, bunday mukofotlar maktabga yaxshi o‘zlashtirishga ega iqtidorli bolalarni jalb qilishda yordam beradi. Uning aytishicha, u o‘quvchilarni bunday sovg‘alar bilan "siylashi" uchun o‘zining shaxsiy mulkining bir qismini sotishiga to‘g‘ri kelgan.
Ushbu holat darhol ijtimoiy tarmoqlarda muhokama qilina boshlandi, ularda taqdirlash marosimidan olingan suratlar paydo bo‘ldi. Suratlarda o‘quvchilar pul pachkalarni ushlab turganlari, marosim stolida esa bir uyum pul pachkalari taxlab qo‘yilgani tasvirlangan.
Ko‘pchilik foydalanuvchilar bu "himmatli" maktab va o‘quvchilarni pul bilan rag‘batlantirish g‘oyasini tanqid qilishgan. Shuningdek, ushbu holat o‘sib kelayotgan avlodda pulga o‘chlikni rivojlantirishi mumkinligidan xavotir bildirilgan.
Mavzuga oid
15:03 / 10.12.2024
Xitoy koronavirus Uhan laboratoriyasida yaratilganini rad etdi
15:02 / 10.12.2024
Olimlar ekologik toza quyosh batareyalarini ishlab chiqarish usulini topdi
20:48 / 09.12.2024
Tramp saylovda g‘alaba qozonganidan keyin birinchi marta Si Jinping bilan suhbatlashdi
14:09 / 07.10.2024