Chaqalog‘ini sotib, Rossiyaga ketmoqchi bo‘lgan edi...
Orzigul Jumayeva (ism va familiyalar o‘zgartirilgan) 1993 yilda g‘uzorlik Ergash ismli yigitga turmushga chiqdi. To‘rt nafar farzandli bo‘lishdi, ammo oiladagi kelishmovchiliklar sabab 2008 yilda ajrashishdi. Bolalarning hammasi otasi qo‘lida qoldi. Bu haqda “Huquq” nashri yozmoqda.
Orzigul 2014 yilda ishlash uchun Rossiyaning Novosibirsk shahriga ketdi. O‘sha yerda dehqonobodlik bir erkak bilan tanishib, birga yashadi. Undan homilador bo‘lib qolgach, 2015 yilning boshida uyiga qaytdi. Ko‘zi yorigach, bolasi bilan onasining uyida yashay boshladi.
U haqida eshitgan Adolat ismli ayol Orzigulning farzandini boqib olmoqchi bo‘ldi. Chunki Adolatning 18 yillik turmushidan bolasi yo‘q edi. Shu sabab ayol dugonasi Rahima bilan Orzigulning yoniga bordi. Gurung uzoq davom etdi. Va nihoyat Orzigul Rossiyaga ketish uchun unga 2 mln 800 ming so‘m kerakligini aytdi. Adolat sumkasidan 1 mln 300 ming so‘m va 300 AQSh dollari chiqarib berdi. Orziguldan bolani o‘z ixtiyori bilan berganligi to‘g‘risida tilxat yozdirib oldi.
Ammo oradan vaqt o‘tib Orzigul farzandini sog‘ina boshladi va Adolatdan pullarni olib, bolasini qaytarib berishini so‘radi. Ammo ayol bunga unamadi. Shunda Orzigul uchastka inspektori huzuriga borib, bor gapni aytib berdi.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Muborak tuman sudi qarori bilan Orzigul Jumayeva hamda Adolat Bo‘ronovaga 6 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Jazo shartli hisoblanib, 3 yil sinov muddati belgilandi. O‘rtaga tushgan Nigora Murodova va Rahima Jovliyeva esa 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi. Ularga ham jazo shartli hisoblanib, 2 yil sinov muddati belgilandi. Ashyoviy dalillar hisoblanmish chaqaloq savdosida ishlatilgan pullar davlat daromadiga musodara qilindi.
Mavzuga oid
00:31
Apple o‘zining onlayn do‘konidan mustaqil OAV ilovalarini o‘chirib tashlayotganiga izoh berdi
22:47 / 25.12.2024
Putin yana “tarixiy hududlar” haqida gapirdi. U qayerlarni aytyapti?
21:53 / 25.12.2024
Ukraina Rossiya bilan iqtisodiy urushda g‘alaba qozonmoqda - The Economist
20:54 / 25.12.2024