Mashhur Gangnam Style klipi rejissyoriga qamoq jazosi xavf solmoqda
Janubiy Koreyada mamlakat prezidenti Pak Kin Xe bilan bog‘liq korruptsion mojaro tufayli mashhur Gangnam Style qo‘shig‘ining klipini suratga olgan klipmeyker Cha Un Tayka hibsga olindi. Bu haqda ZN xabar bermoqda.
46 yoshli Cha Un Tayka Janubiy koreyalik mashhur qo‘shiqchi PSY’ning xit qo‘shig‘i Gangnam Style klipini suratga olgani bilan ma'lum. Klipmeyker o‘ziga qulay loyihalarni olish uchun prezident bilan tanishligidan foydalanganlikda va uning dugonasi Chxve Sun Sil bilan aloqadorlikda gumon qilinmoqda.
Mashhur klip rejissyorining taqdiri qanday kechishi noma'lum bo‘lib qolmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Janubiy Koreya prezidentining dugonasi Chxve Sun Sil o‘zining mavqeidan foydalanib, Janubiy Koreyaning yetakchi kompaniyalari, misol uchun, Samsung’dan moliyaviy ko‘mak olib turgan.
Mavzuga oid
17:43 / 25.12.2024
Janubiy Koreya “o‘ta qari jamiyat” deb tan olindi
17:35 / 25.12.2024
Janubiy Koreyaning lavozimidan vaqtincha chetlatilgan prezidenti yana so‘roqqa kelmadi
19:15 / 23.12.2024
KXDR Rossiya-Ukraina urushida mingdan ortiq harbiysidan ayrilgani ma’lum qilindi
16:31 / 18.12.2024