Jahon | 15:20 / 01.12.2016
7429
2 daqiqa o‘qiladi

Atambayev: Moskva meriga qirg‘iz muhojirlari haqida noto‘g‘ri ma'lumot kiritilgan

Foto: akipress

«Moskva meriga qirg‘izistonlik muhojirlar haqida noto‘g‘ri ma'lumotni kimdir kiritgani ehtimol», - degan Qirg‘iz respublikasi rahbari Almazbek Atambayev.

Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, u Moskva shahar hokimi Sergey Sobyaninning qirg‘iz muhojirlari shaharning asosiy muammosi deyishini kutmagan. 

«Fuqarolarimiz qonunga bo‘ysunadigan kishilardir. Bizlar bolalarga boshpana berganimizda, hech kim noqulaylik haqida so‘z yuritmagan. Balo kelganida yordam berish kerak. 1916 yilda shimoliy Qirg‘izistonning yarmini qatl qilishgan, 1941 yilda esa, ota-bobolarimiz Sovet Ittifoqi uchun kurashga otlangan. Hayotda har narsa bo‘ladi. Bizning xalqimiz rossiyalik birodarlarini doimo qo‘llab-quvvatlaydi. O‘ylaymanki, Sobyaninga kimdir noto‘g‘ri ma'lumot bergan. Dastavval fuqarolarimizga noqonuniy ish berganlarni so‘roq qilish kerak», - degan Almazbek Atambayev.

Moskva hokimi Sergey Sobyanin, 28 noyabrda o‘tkazgan yig‘ilishida YeOIH mamlakatlari, xususan Qirg‘iziston fuqarolari poytaxtning asosiy muammolaridan biri ekanini aytgan edi. 

Sergey Sobyaninga ko‘ra, muhojirlar mehnat shartnomalari tuzmaydi, soliq to‘lamaydi va ko‘p hollarda sanoat hududlarida, aksilsanitariya sharoitlarida istiqomat qiladi.

Mavzuga oid