Jamiyat | 12:45 / 05.12.2016
17254
1 daqiqa o‘qiladi

Dramaturg Erkin Usmonov olamdan o‘tdi

O‘zbek adabiyoti yana bir judolikka uchradi. 4 dekabr tongda taniqli yozuvchi, dramaturg Erkin Usmonov olamdan o‘tdi. Bu haqda shoir Muhammad Ismoil “Facebook”dagi o‘z sahifasida xabar bergan.

Erkin Usmonov 1952 yilning 10 fevralida Toshkent shahrida tavallud topgan. 1978 yilda Toshkent davlat chet tillar institutini tugatgan. Uning o‘nlab kitoblari, hikoya va qissalari chop etilgan. Bular qatoriga “Gunafsha”, “Olam nurga to‘ladi”, “Hayratlarga to‘la dunyo”, “Ayol kishining baxti” va “Yuk ko‘targan odam” asarlarini qo‘shish mumkin.

Erkin Usmonov Karel Chapek, Grin, Paustovskiy, Anor kabi adiblarning asarlarini rus va ingliz tilidan o‘zbekchaga o‘girgan.

 

Mavzuga oid