Jahon | 00:02 / 06.12.2016
4911
1 daqiqa o‘qiladi

Fransiya bosh vaziri prezidentlik saylovlarida ishtirok etishini e'lon qildi

Foto: Getty Images

Fransiya bosh vaziri Manuel Vals 2017 yilda Fransiyada o‘tadigan prezidentlik saylovlarida ishtirok etishini e'lon qildi, deb xabar bermoqda BFM TV.

Ta'kidlanishicha, Vals buni Fransiyaning amaldagi prezidenti Fransua Olland ikkinchi muddatga prezidentlikka nomzodini qo‘ymasligini aytgandan 4 kun o‘tgach aytgan. 

"Men bu yerda, Evridaman, bu shahar mening qalbimdagi shahar va biz bu yerda doimo ochiqchasiga gapiramiz. Ha, men respublika prezidentligiga nomzodman", deb aytgan Vals.  

 

Mavzuga oid