Jahon | 20:22 / 11.12.2016
7030
2 daqiqa o‘qiladi

Gambiya prezidenti saylov natijalariga qarshi petitsiya hozirlamoqda

Foto: Getty Images

Gambiya prezidenti Yayya Jamme Oliy sud saylovlaridagi mag‘lubiyatini tan olmaydi. Bu haqida hukmron Vatanparvarlik va yaratuvchanlikka yo‘naltirilgan ittifoq partiyasi ma'lumotiga asoslanib, Reuters xabar berdi. 

Partiyaning federal telekanal orqali uzatilgan bayonotida saylov komissiyasining "xato xulosasiga qarshi" petitsiya tayyorlanayotganligi ma'lum qilindi. 

Bundan avval Gambiyaning muxolifat Birlashgan demokratik partiyasi nomzodi Adam Berrou mamlakatdagi  prezidentlik saylovlari natijalariga ko‘ra, 45,5 foiz ovoz to‘plab, g‘olib bo‘lgani haqida ma'lum qilingan edi. Yayya Jamme esa 36,7 foiz ovozga ega bo‘lgan. 

Jamme shanba kuni mazkur saylovlar natijalarini tan olmasligi va saylov jarayonidagi jiddiy hamda nomaqbul buzilishlardan norozi ekanini ommaga ma'lum qilgan.

Gambiyadagi prezidentlik saylovlari 1 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan. Unda 890 ming saylovchi ovoz berish huquqini qo‘lga kiritgan. Davlat rahbari lavozimi uchun amaldagi prezident Yayya Jamme, asosiy muxolifat tuzilma hisoblanmish Birlashgan demokratik partiya nomzodi Adam Barrou va muxolifat "Gambiya demokratik kongressi" yetakchisi Mamma Kande kurash olib borishdi. 

Jamme prezidentlik lavozimida OITS va astmani davolovchi dorini topganlik to‘g‘risidagi bayonoti bilan tanilgan. U bu og‘ir kasalliklarni giyohlar dimlamalari bilan davolashni taklif qilgan. 2009 yilda Jamme xolasining o‘limida aynan afsungarlarni ayblaganidan so‘ng rahbariyat mamlakatni afsungarlardan xalos qilish kampaniyasini ishga tushirgan. Bundan tashqari, Gambiya prezidenti 2010 yilda mamlakat qiroli bo‘lish istagi haqida e'lon qilgan. Shunday bo‘lgan taqdirda, saylovlarga hojat qolmasdi. Biroq keyinroq Jammening fikri o‘zgarib, saylovlarni o‘tkazishga qaror qildi. 

 

Mavzuga oid