Jahon | 18:50 / 13.12.2016
5200
1 daqiqa o‘qiladi
Eyfel minorasi ish tashlash sababli yopib qo‘yildi
Fransiyaning eng diqqatga sazovor joylaridan biri – Eyfel minorasi 13 dekabrda ish tashlash sababli tashrif buyuruvchilar uchun yopib qo‘yildi, deb aytilmoqda minorani boshqaruvchi kompaniya SETE xabarida.
Fransiya OAV ma'lumotlariga ko‘ra, minora ishini ta'minlovchi xodimlarda ish haqi bilan bog‘liq muammolar norozilik uyg‘otgan.
"SETE minora oldidagi maydonga kelgan tashrif buyuruvchilar bu vaziyatdan aziyat chekayotganidan afsusda. SETE barcha tashrif buyuruvchilarga o‘z uzrini keltiradi va mehmonlarni keyinroq eng yaxshi tarzda kutib olish uchun minoradagi ishni qayta tiklash bo‘yicha barcha ishni amalga oshiradi", deb aytildi kompaniya bayonotida.
Mavzuga oid
20:36 / 24.12.2024
Eyfel minorasida yong‘in sodir bo‘ldi
14:42 / 21.12.2024
Chad Fransiyadan qo‘shinlarini Ramazon oyigacha olib chiqishni talab qildi
18:42 / 20.12.2024
Amazonʼda kompaniya tarixidagi eng yirik ish tashlash boshlandi
12:20 / 19.12.2024