O‘zbekiston | 17:40 / 16.12.2016
115974
2 daqiqa o‘qiladi

Buxoro viloyati hokimi o‘zgardi

16 dekabr kuni Xalq deputatlari Buxoro viloyati kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Sessiyada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etdi.

Sessiyada tashkiliy masala ko‘rildi. Muhiddin Turdiyevich Esonov viloyat hokimi lavozimidan ozod etilgan. U boshqa ishga o‘tgan.

«Kun» manbasi ma'lum qilishicha, uning o‘rniga O‘ktam Barnoyev viloyatning yangi hokimi etib tayinlangan.

Muhiddin Esonov 2011 yilning dekabrida viloyat rahbari etib tayinlangandi.

Asli buxorolik bo‘lgan O‘ktam Barnoyev Isoyevich 2008 yilning aprelidan 2010 yilning dekabrigacha Samarqand viloyati hokimi lavozimida faoliyati yuritgan. Undan oldin, 2008 yilgacha Qishloq va suv xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari bo‘lgan.

Avvalroq, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Surxondaryo viloyat kengashining navbatdan tashqari sessiyasida ishtirok etgani va unda Erkinjon Turdimov viloyatga yangi hokim etib tayinlangani haqida xabar bergandik.

Mavzuga oid