Jahon | 19:51 / 18.12.2016
8855
1 daqiqa o‘qiladi

Grozniydagi otishmalarda gumon qilinayotgan jangarilar harakati to‘sib qo‘yildi

Guvohlar Grozniyda yana otishma ovozi eshitilgani haqida xabar berishdi. Bu haqida RIA "Novosti" ma'lum qildi

Manbaga ko‘ra, shaharning politsiyachilarga hujum uyushtirilgan Staropromislovskiy tumanida otishmalar ovozi eshitilgan. 

Ma'lumotlarga ko‘ra, voqea sodir bo‘lgan joyga huquq-tartibot organi xodimlari yetib kelishgan. 

Ta'kidlanishicha, Grozniydagi politsiya xodimlariga IShID terrorchi tashkiloti a'zolari hujum uyushtirishgan. 

Politsiyachilarga hujum uyushtirishda ayblanuvchi gumondorlar harakati Staropromislovskiy tumanidagi qabristonda to‘sib qo‘yilgan. 

"Hozirgi paytda hujumda gumon qilinayotgan jangarilar harakati Staropromislovskiy tumanidagi qabristonda to‘sib qo‘yilgan bo‘lib, u yerda maxsus operatsiya o‘tkazilmoqda", - deyiladi manbada. 

Shuningdek hozirgi paytda ikki mashina — «Lada Priora» va VAZ-21099 qidirilayotgani haqida xabar berildi. 

 

Mavzuga oid