O‘zbekiston | 09:55 / 18.12.2016
42385
2 daqiqa o‘qiladi

Mustaqillik maydoniga Yangi yil archasi o‘rnatilmoqda

Yangi yil bayrami archalaridan biri Mustaqillik maydoniga o‘rnatilmoqda.

O‘zbekistonning asosiy Yangi yil archasi va bosh sahna esa avval xabar qilinganidek, «Anhor-Lokomotiv» ko‘ngilochar bog‘i oldidagi maydonga (Labzak mavzesi) o‘rnatilishi ishlari olib borilmoqda.

Qariyb 4 gektarlik maydonda bayram archasi, sahna, bolalar uchun attraksionlar, savdo va ovqatlanish shoxobchalari bunyod etiladi. Shuningdek, avtotransport vositalarining kirib chiqishi va to‘xtash joylari ham belgilanmoqda. Mazkur maydonga borish yo‘llarida keng obodonlashtirish va bayramona bezash ishlari boshlab yuborilgan. Madaniyat va sport ishlari vazirligi, tegishli mutasaddi tashkilotlar bayram kunlari bayramona kayfiyat ulashish maqsadida yangi teatrlashtirilgan dasturlar ustida ish olib bormoqda.

Bundan tashqari, bayram archalari Ezgulik maydoni, Al-Xorazmiy dahasidagi Roison Elektronics korxonasi oldi maydoni, Yunusobod tumanidagi Saylgoh maydoni, Shayxontohur tumanidagi Xadra maydoni, Yashnobod tumanidagi Markaziy ofitserlar uyi (sobiq Aviasozlar saroyi) oldidagi maydon, Sergeli tumanidagi Baxtdiyor guzari maydoni, Mirzo Ulug‘bek tumanidagi «Lokomotiv» istirohat bog‘i hamda Bektemir tumanidagi «Quyoshcha nuri» bog‘i hududlarida o‘rnatiladi.

Shuningdek, «Turkiston» saroyida 29 dekabr kuni kam ta'minlangan oilalarning farzandlari uchun «Prezident archasi» tantanalari bo‘lib o‘tadi. Bu konsert dasturi uchun chiptalar tekin.

Mavzuga oid