Xitoy muqobil suvosti qurilmasini AQShga qaytardi
Xitoy bir necha kun avval Janubiy Xitoy dengizida qo‘lga olingan Amerikaning muqobil harakatlanuvchi suvosti qurilmasini AQShga qaytardi. XXR mudofaa vazirligi bayonotida shu haqda ma'lum qilingan.
"Xitoy va AQSh do‘stona maslahatlashuvlar o‘tkazgach, Amerika suvosti qurilmasini topshirish jarayonini muvaffaqiyatli yakunladi", — deyiladi mudofaa vazirligi saytidagi xabarda.
Pentagon vakili Piter Kuk ham Amerika muqobil suvosti qurilmasi bilan bog‘liq voqeaga barham berilganini tasdiqlagan.
"Bugun Xitoy xalq ozodlik armiyasi noqonuniy ravishda egallab olgan Amerika muqobil suvosti qurilmasini AQShga qaytardi", —deyiladi Kukning Twitter sahifasida qoldirgan xabarida.
O‘tgan hafta o‘rtalarida, ya'ni 15 dekabr kuni Xitoy harbiylari Janubiy Xitoy dengizining xalqaro suv kengliklariga, AQShning Bowditch okeanshunoslik tadqiqot kemasi bortidan yuborilgan suvosti dronini ushlab olgan edi.