Jahon | 09:18 / 25.12.2016
17071
2 daqiqa o‘qiladi

BMT bosh kotibi poraxo‘rlikda ayblandi

Foto: REUTERS

BMTning amaldagi bosh kotibi va Janubiy Koreyaning sobiq tashqi ishlar vaziri Pan Gi Mun pora olishda ayblandi. Bu haqda 24 dekabrda Sisa Journal nashri jurnalistik tergovi natijalariga ko‘ra chop etilgan maqolada aytilgan.

Maqolada aytilishicha, Pan Gi Mun tadbirkor Pak Yon Chxadan "sovg‘a" sifatida umumiy hisobda 230 ming dollar olgan. Tadbirkor BMT bosh kotibiga dastlab 2005 yil 3 mayda 200 ming dollar bergan. Bu o‘shanda tashqi ishlar vaziri lavozimini egallagan Pan Gi Mun Seulga tashrif bilan kelgan vetnamlik hamkasbi bilan muzokaralar o‘tkazgandan keyin yuz bergan.

Nashrning ta'kidlashicha, o‘shanda Vetnamning Janubiy Koreyadagi faxriy konsuli bo‘lgan Pak pullarni sport sumkasida olib kelgan. 2007 yilda tadbirkor BMT bosh kotibiga yana 30 ming dollar bergan.

BMT bosh kotibi ham, tadbirkor ham bu ayblovlar haqiqatga mos kelmasligini aytishdi. BMT bosh kotibi ularni bo‘hton deb atab, jurnal ustidan sudga shikoyat qilishini aytdi.

 

Mavzuga oid