Qozog‘istonda ko‘p qavatli uyning qulashiga nima sabab bo‘lgani ma'lum qilindi
Qozog‘istonning Qarag‘anda viloyatidagi besh qavatli aholi turar-joy uyining bir qismi yerto‘ladagi isitish qozonining portlashi sabab qulagan bo‘lishi mumkin. Bu haqda RIA Novosti mamlakat ichki ishlar vazirligiga asosan xabar bergan. Eslatib o‘tamiz, hodisa sabab to‘qqiz kishi halok bo‘ldi.
Voqea Shaxan posyolkasida yakshanba kuni kechqurun yuz bergan. Qutqaruvchilar vayronalar tagidan to‘qqiz kishi, jumladan uch bolaning jasadini chiqarib olishgan.
"Taxminlarga ko‘ra, hodisaga isitish qozonining portlagani sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin. U uyning yerto‘lasida bo‘lgan", - deya aytib o‘tishgan mamlakat ichki ishlar vazirligida.
Qo‘shimcha qilinishicha, kasalxonaga ikki kishi olib ketilgan.
Mavzuga oid
18:40 / 27.12.2024
The Times AZAL samolyoti halokatiga oid yangi tafsilotlarni bayon qildi
17:09 / 27.12.2024
Azerbaijan Airlines Rossiyaning 10 ta shahriga parvozlarni to‘xtatdi
16:36 / 27.12.2024
Ozarboyjon prezidenti ma’muriyati Chechenistonning qurbonlarning oilalariga yordamini rad etdi
14:01 / 27.12.2024