O‘zbekiston | 15:39 / 04.01.2017
11757
1 daqiqa o‘qiladi

TIKA O‘zbekiston tibbiyoti rivojiga hissa qo‘shdi

Turkiya bosh vaziri devonxonasi qoshidagi hamkorlik va taraqqiyot idorasi (TIKA) Xorazm viloyati hududidagi Respublika ixtisoslashtirilgan urologiya markazi onkologik dispanseriga tibbiy jihozlar yetkazib berdi.

Agentlik bayonotida xabar qilinishicha, Anqaradagi urologiya klinikasi shifokori Yilmaz Aslan TİKA va O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vazirligi hamkorligi doirasida O‘zbekistonga kelgan va shifoxonaga taqdim etilgan barcha tibbiy jihozlarni ko‘zdan kechirgan.

Janob Aslan o‘zbekistonlik shifokorlar, xususan dispanser bosh shifokori hamrohligida mahalliy xodimlarga uskunalar va apparaturalardan foydalanish haqida ma'lumot bergan. U shuningdek, 2 bemorning jarrohlik amaliyotida ishtirok etgan.

Mavzuga oid