Jahon | 11:52 / 05.01.2017
7833
2 daqiqa o‘qiladi

Isroilda BMT xodimi ozodlikdan mahrum etildi

Isroil hukumati BMTning falastinlik xodimini G‘azo sektorida yetakchilik qiluvchi XAMAS harakatiga ko‘mak ko‘rsatgani sababli 7 oylik qamoq jazosiga mahkum qildi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda

2016 yil avgustda Isroil maxsus xizmatlari tarqatgan materiallarga ko‘ra, BMTning taraqqiyot dasturida ishlagan muhandis Vohid Bursh hibsga olingandan keyin xizmat mavqei va ish beruvchining resurslaridan foydalanib, XAMAS harbiy-dengiz kuchlari uchun prichal qurishda ko‘mak ko‘rsatganini tan olgan.  

Bursh iyulda hibsga olingan. Shu bilan birga, Bursh sud bilan hamkorlik qilgani uchun keyingi haftada qo‘yib yuborilishi mumkin.

Avgust boshida Isroil hukumati G‘azo sektorida AQShning World Vision xayriya tashkilotining vakili – falastinlik Muhammad al-Halabiyni ushlaganini ma'lum qilgandi. U XAMAS jangarilariga gumanitar loyihalar byudjyetidan millionlab dollar berganlikda ayblanmoqda.

Isroil tashqi ishlar vaziri vakili al-Halabiy ustidan sud jarayoni davom etayotganini ma'lum qilgan.

Vohid Bursh

Mavzuga oid