“Qishloq qurilish bank”dan yangi omonatlar
Aktsiyadorlik-tijorat “Qishloq qurilish bank” O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining 2009 yil 6 aprelda qabul qilingan “Aholi va xo‘jalik yurituvchi sub'yektlarining bo‘sh pul mablag‘larini tijorat banklaridagi depozitlarga jalb qilish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarori ijrosini ta'minlash, bank omonatlari tarkibidagi muddatli va jamg‘armali omonatlar salmog‘ini oshirish maqsadida bir qator yangi omonat turlarini joriy etdi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 24 yilligi munosabati bilan bank tomonidan milliy valyutada “Qomus” muddatli omonati joriy etilgan edi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2017 yilning mamlakatimizda “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” deb e'lon qilinishi munosabati bilan “Qishloq qurilish bank” yangi - “Muloqot” va “Manfaat” omonat turlarini ham joriy qildi.
“Muloqot” omonatiga milliy valyutada 6 oy muddatga, “Manfaat” omonat turiga 12 oy muddatga mablag‘lar qabul qilinadi va ushbu omonatlarga hisoblangan foizlar har oyda to‘lab beriladi.
E'tiborga molik yana bir jihati shundaki, bank tomonidan 8 yanvar – Prokuratura xodimlari kuni munosabati bilan “Huquq himoyachisi” , 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Vatan himoyachisi”, 25 yanvar kuni “O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi tashkil etilganiga 25 yil to‘lishi munosabati bilan “Orzular parvozi” nomli milliy valyutadagi yangi omonat turlari ham joriy qilindi.
“Huquq himoyachisi” omonatiga 6 oy, 9 oy, 12 oy muddatga mablag‘lar qabul qilinadi va hisoblangan foizlar har oyda to‘lab beriladi.
“Vatan himoyachisi” omonatiga 1 oy, 3 oy, 6 oy muddatga mablag‘lar qabul qilinadi va hisoblangan foizlar har oyda to‘lab beriladi.
“Orzular parvozi” omonatiga 12 oy, 24 oy muddatga mablag‘lar qabul qilinadi va hisoblangan foizlar har oyda to‘lab beriladi.
“Qishloq qurilish bank” joriy etgan yana bir yangi omonat turi “Fortuna” deb nomlanib, mazkur omonatga 6 oy va 12 oy muddatga mablag‘lar qabul qilinadi. Omonatga hisoblangan foizlar har oyda to‘lab beriladi (ushbu omonatga foizlar O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining to‘lov kunidagi kursi bo‘yicha to‘lab beriladi).
ATB “Qishloq qurilish bank” tizimida 2017 yil 1 yanvar holatiga 39 ta omonat turiga mablag‘lar jalb qilinmoqda va bankning jami omonatchilari soni 77627 nafarni va ularning bankdagi qo‘yilmalari (uy-joy mablag‘larisiz) 220,181 mlrd. so‘mni tashkil qilmoqda.
Bank tomonidan chakana xizmatlar bozoridagi faoliyatini doimiy kengaytirib borish, mijozlarning bank faoliyatiga bo‘lgan ishonchini yanada mustahkamlash choralari ko‘rib kelinmoqda. Qonun bilan kafolatlangan bankka qo‘yilgan omonatlarning sir tutilishi va meros huquqi himoyasi doimiy nazoratda. Omonat hisobvaraqlari, depozit sertifikatlari bo‘yicha olinadigan daromad va yutuqlar barcha turdagi soliqlardan ozod qilingan va ularning to‘liq hajmda qaytarilishi davlat tomonidan kafolatlangan.
Depozitlar bo‘yicha operatsiyalar bank siri sifatida tasniflanib, unga qat'iy rioya qilinishi ustidan tegishli nazorat o‘rnatilgan. Omonatlarga qo‘yilgan mablag‘lar belgilangan muddatlarda omonatchilarning birinchi talabi bilan qaytarib beriladi.
“Qishloq qurilish bank” - farovon hayotingiz xizmatida!
Murojaat uchun: (+99871) 150-72-58, 150-39-93, www.qqb.uz
Bank axborot xizmati
Xizmatlar litsenziyalangan.
Reklama huquqi asosida.
Mavzuga oid
10:06 / 24.11.2024
Halollik mukofoti: yo‘ldan topilgan 5 ming dollarni egasiga qaytargan haydovchi haqida hikoya
17:00 / 09.08.2024
Tanlovning hududiy bosqichlari yakunlandi
18:55 / 04.09.2023
QQB Biznesni rivojlantirish bankiga aylantirildi
21:19 / 28.08.2023