Jamiyat | 19:10 / 09.01.2017
9148
2 daqiqa o‘qiladi

Fotojamlanma: Kashmirda kuchli qor yog‘di

Hindistonning Kashmir viloyatida 8-dan 9 yanvarga o‘tar kechasi kuchli qor yog‘di. Butun mintaqada havo harorati rekord darajaga qadar tushib ketdi. Bu haqda Mashable xabar bermoqda.

Kashmir viloyatining shimoliy qismida rekord darajadagi sovuq harorat qayd etildi - 12,4 daraja sovuq. So‘nggi bor bunday holat 2012 yilda kuzatilgandi. O‘shanda Gulmarg tog‘-chang‘i kurortida havo harorati 16,5 darajaga qadar tushib ketgan. Mintaqaning janubiy hududlarida ham besh yildan beri kuzatilmagan sovuq ob-havo hukm surmoqda.

Ma'lumot uchun, Kashmir – Hindiston yarim orolidagi munozarali viloyat bo‘lib, u Hindiston va Pokiston o‘rtasidagi mojaroga sabab bo‘lib keladi. Mintaqa ayni damda Jammu va Kashmir shtatiga bo‘lingan. Shu bilan bir qatorda, hududda belgilab qo‘yilgan chegara yo‘q.

Foto EPA
Foto EPA

 

Foto EPA
Foto EPA
Foto AP
Foto EPA

Mavzuga oid