McDonald’s Xitoydagi tarmog‘ining 80 foizini sotmoqda
Amerikaning tez ovqatlanish muassasalari tarmog‘i hisoblangan McDonald’s Xitoydagi restoranlarining 80 foizini sotishga qaror qildi. Kompaniya Xitoy va Honkongdagi biznesining 80 foizini Citic va Carlyle Group kabilardan tarkib topgan konsorsiumga sotish bo‘yicha kelishuvni imzoladi, deyiladi Citic bayonotida.
Citic Limited, Sitic Capital Holdings, The Carlyle Group va McDonald's Corporation hamkorlikda Xitoy va Honkong hududida franchayzer vazifasini bajaruvchi kompaniyasiga asos soladi. Bu maqsadni amalga oshirish uchun 20 yil muddat ajratilgan. Citic biznesning 52 foiziga egalik qiladi, Carlyle — 28 foiz ulushga ega bo‘ladi. McDonald's 20 foiz aksiyalarni o‘zida saqlab qoladi.
Bitim qiymati 2,08 mlrd dollarni tashkil etadi. McDonald's Xitoyda sifatsiz mahsulotlardan foydalanilganiga oid mojarolardan so‘ng, Morgan Stanley bankiga murojaat qilib, Xitoy, Honkong va Janubiy Koreyadagi 2,8 ming restoranini sotishda amaliy yordam so‘ragan edi.
Mavzuga oid
10:19 / 20.12.2024
O‘zbekiston va Hongkong o‘rtasida o‘zaro vizasiz tartib o‘rnatish masalasi muhokama qilinmoqda
23:51 / 10.12.2024
Xitoy «Hongkong ishiga aloqador» AQSh fuqarolariga viza berishni chekladi
15:03 / 10.12.2024
Xitoy koronavirus Uhan laboratoriyasida yaratilganini rad etdi
15:02 / 10.12.2024