Jahon | 07:42 / 10.01.2017
10634
1 daqiqa o‘qiladi

Obama o‘z qizlari maxsus xizmatdan shikoyat qilganlarini aytdi

Foto: ABC News

AQSh prezidenti Barak Obama qizlari Maliya va Sasha Oq uy maxsus xizmati xodimlarining doimo birga bo‘lishlaridan o‘zlarini noqulay sezganlari haqida so‘zlab berdi. Bu haqda ABC News telekanali xabar bermoqda.  

"Ular o‘smirlarga aylanganlarida maxsus xizmatdan shikoyat qila boshlaganlar. Tasavvur qiling, siz o‘smirsiz va ortingizdan mikrofon va qurol bilan bir juft soqchi doimo kuzatib yuradi. Albatta, bu muayyan bosim o‘tkazadi", deb aytgan Obama.

Obamaning aytishicha, qizlari bu vaziyatni ajoyib tarzda eplay olishgan. U shuningdek rafiqasi Mishelga qizlariga bergan tarbiyasi uchun minnatdorchilik bildirdi.

Avvalroq Obama qizlari nafaqat Oq uyni, balki ota-onalarini ham tark etishlari mumkinligini aytgandi. 

 

Mavzuga oid