Jahon | 09:02 / 10.01.2017
7304
2 daqiqa o‘qiladi

Saylovlarni yutqazgan Gambiya prezidenti bir qator diplomatlarni ishidan bo‘shatdi

Saylovlarni yutqazgan Gambiya prezidenti Yayya Jamme uni hokimiyatni muxolifat nomzodiga berishga chaqirgan, mamlakatning 12 nafar elchisi va doimiy vakilini ishidan bo‘shatdi. Bu haqda "Frans Press" axborot agentligi xabar bermoqda.  

"Gambiya hukumati 12 nafar elchisini faoliyati to‘xtatilgandan keyin chaqirtirib oldi", deb aytdi mamlakat tashqi ishlar vazirligidagi manba.

Uning aytishicha, bu diplomatlar "saylangan prezident Adam Barrouni tabriklashgan va qo‘llab-quvvatlashgan".

Axborot agentligi ma'lumotlariga ko‘ra, Jamme Gambiyaning Xitoy, Buyuk Britaniya, Turkiya, Senegal va AQShdagi elchilarini hamda mamlakatning BMTdagi doimiy vakilini o‘z lavozimidan bo‘shatgan. Ta'kidlanishicha, ular 2016 yil dekarb oyi oxirida Jammega lavozimini tark etish aytilgan maktub yo‘llashgan.  

Gambiyada prezidentlik saylovlari 1 dekabrda bo‘lib o‘tgan. Saylov komissiyasi ma'lumotlariga ko‘ra, muxolif Birlashgan demokratik partiyasi nomzodi Adam Barrou saylovlarda 45,5 ovoz bilan g‘olib bo‘lgan. Amaldagi prezident Jamme esa 36,7 foiz ovoz to‘plagan.

Jamme saylovlar natijalarini tan olmasligini va saylov jarayonidagi jiddiy qoidabuzarliklardan afsusda ekanligini aytgan. U o‘zining mag‘lubiyati bo‘yicha Oliy sudda bahslashmoqchi. Biroq hozirda Gambiyada Oliy sudning o‘zi yo‘q. Koalitsiyaning ta'kidlashicha, prezident o‘z muddatining oxirgi kunlari arznomasini ko‘rib chiqish uchun sudyalar belgilashga konstitutsion huquqqa ega emas.

 

Mavzuga oid