Jahon | 20:30 / 11.01.2017
9586
2 daqiqa o‘qiladi

Isroillik arablar bo‘ysunmaslik aksiyasini o‘tkazishmoqda

Isroildagi Kalansuva aholi punktida 11 falastinlikning uyi buzib tashlanishiga norozilik sifatida fuqarolik bo‘ysunmasligi aksiyasi boshlandi. Aktsiyaning o‘tazilishi haqida arablarning manfaatlarini bildiruvchi Isroil harakatlarini monitoring qilish bo‘yicha Oliy arab qo‘mitasi e'lon qildi. 

Aktsiya doirasida arablar yashaydigan shahar va qishloqlarda barcha korxonalar, maktablar yopilgan, ko‘chalar bo‘shab qolgan.

"Fuqarolik bo‘ysunmasligi aksiyasi – xalqimizga nisbatan jinoyatlarga javoban muhim va zamonaviy chora", deb aytgan qo‘mita rahbari Muhammad Barokat.

Uning aytishicha, falastin xalqi Isroil harakatlari oldida bo‘yin egmaydi.

Isroil parlamentida "Birlashgan arab ro‘yxati" partiyasi rahbari Eymen Avde Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu yahudiylarga Amon qishlog‘idagi falastinliklar uyini buzishni va'da qilganini ma'lum qilgan. 

Uning aytishicha, Isroil uchun falastinliklar uyini buzish o‘ziga xos qasos olishdir.

Isroil fuqarolari huquqlari uyushmasi ham Isroilning falastinliklar uylarini buzish siyosatini qoralamoqda.

Mavzuga oid