AQSh elchisi: Tramp YeIning parchalanish ehtimolini qo‘llab-quvvatlaydi
AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp Buyuk Britaniyaning YeI tarkibidan chiqishidan keyingi tashkilotning parchalanish ehtimolini qo‘llab-quvvatlaydi. Bu haqda Daily Telegraph nashri Amerikaning YeIdagi elchisi Entoni Gardnerga asoslangan holda yozmoqda. U yaqinda o‘z vakolatlarini topshiradi.
"Yevropaning parchalanishini qo‘llab-quvvatlash bilan biz o‘z manfaatlarimiz yo‘lida xizmat qila olishimizni o‘ylash mutlaq axmoqlikdir", - degan diplomat. "Brexit tarafdori bo‘lish esa, biz uchun axmoqlikning cho‘qqisidir", - deb qo‘shimcha qilgan Gardner.
Uning so‘zlariga ko‘ra, saylangan prezident jamoasi a'zolari Buyuk Britaniyadan so‘ng, Yevropaning qaysi mamlakati Londondan o‘rnak olishi mumkinligiga qiziqmoqda. "Umuman, faqat bitta savol berildi: "Keyin qaysi davlat (YeIdan) chiqadi?", - deb qayd etgan AQShning YeIdagi elchisi.
Tramp Brexit jarayonini qo‘llab-quvvatlashini yashirmagan va Birlashgan qirollik Mustaqillik partiyasining sobiq yetakchisi (UKIP) Nayjyel Farajni qadrlashini aytgan edi. Aynan uning tashviqoti sababli, Britaniya yevroskeptiklari o‘tgan yili iyun oyidagi referendumda g‘alaba qozongan. Trampning saylovoldi kampaniyasi chog‘ida ham Faraj bir necha marotaba AQShga kelgan va keyinchalik ma'lum bo‘lishicha, AQShning bo‘lg‘usi prezidenti bilan tajribasini o‘rtoqlashgan.
2016 yil 23 iyunda Buyuk Britaniyada bo‘lib o‘tgan referendumda ovoz bergan britaniyaliklarning 51,9 foizi YeI tarkibidan chiqish g‘oyasini ma'qullagan edi. Shundan so‘ng, Devid Kemeron bosh vazir lavozimidan iste'fo bergan, uning o‘rnini Tereza Mey egallagandi. U xalq irodasini bajarishga va'da bergan edi.
Mavzuga oid
13:14
El Pais: Kiyev YeIdan ukrainalik qochqinlarga to‘lovlarni qisqartirishni so‘ramoqda
16:03 / 20.12.2024
YeIning 15 ta davlati suriyaliklarning boshpana so‘rovini ko‘rib chiqmayapti
13:52 / 19.12.2024
YeI sudi Deripaska va ikki bankni sanksiyalar ostida qoldirdi
15:20 / 18.12.2024