«Barselona» direktori Messi haqidagi gapi uchun ishdan bo‘shatildi
«Barselona» direktori Pere Gratakosni ishdan bo‘shatdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar tarqatdi.
Garatakosning ishdan bo‘shatilishiga Messi haqida aytgan gaplari sabab bo‘lgan. U Lionel Messini jamoadoshlarisiz u qadar kuchli futbolchi emasligini aytgandi.
Garatakos intervyularining birida «Barselona» faqatgina Messidan iborat emas. U juda muhim futbolchi, ammo g‘alabani butun boshli jamoa qo‘lga kiritdi. Neymar, Suares, Inesta va Pikesiz Messi bu qadar kuchli futbolchi bo‘lmagan bo‘lardi», degandi.
Klub rasmiy sayti mutaxassisning chetlatilishini quyidagicha izohladi: «Garatakos klub manfaatlariga zid bo‘lgan fikrlarini omma oldida aytgani uchun direktorlik lavozimidan chetlatildi».
Mavzuga oid
12:02 / 22.12.2024
«Barsa»da inqiroz, «Siti»da antirekord. Kun o‘yinlari
12:24 / 16.12.2024
«Barsa» yana autsayderga yutqazdi, «Siti» kambek qurboni. Kun o‘yinlari
11:17 / 12.12.2024
«Siti» yana yutqazdi, «Barsa»da muhim g‘alaba. YeChLda kun o‘yinlari
12:04 / 08.12.2024