Sport | 10:50 / 14.01.2017
10342
1 daqiqa o‘qiladi

Teves «Boka Xuniors»dan «Shanxay Shenxua»ga nima uchun o‘tganiga oydinlik kiritdi

Argentinalik hujumchi Karlos Tevesning ma'lum qilishicha, u vatanida doimiy bosimni his qilgani uchun «Boka Xuniors»dan Xitoyning «Shanxay Shenxua» jamoasiga o‘tishga qaror qilgan. 32 yoshli futbolchi Xitoyda dunyoning eng ko‘p maosh oladigan futbolchisiga aylandi. Hujumchi haftasiga 615 ming funt sterling (750 ming dollar atrofida) maosh oladi. 

«“Boka Xuniors” muxlislarining menga ko‘rsatgan hurmat va ehtiromlari uchun tashakkur. Men sizlar bilan xayrlashmayman. Ketish qarorini zo‘rg‘a qabul qildim. Sevimli jamoamning a'zosi emasligimni his qilish oson bo‘lmayapti. Biroq, men bu transferga turli sharoitlar tufayli rozilik bildirdim. “Boka Xuniors” o‘yinchilari zimmasiga tushadigan kunlik bosimga bardosh berish juda ham qiyin», — deya Teves so‘zlarini keltiradi Mundo Deportivo.

Mavzuga oid